Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2024-yil 27-yanvardagi 06/27-06/148-sonli xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 401-son qarorida belgilangan vazifalari jrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 23-yanvardagi 02-01/112-son xatida “11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan 14-fevral kuni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida  “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi, tadbirda institutning barcha jamoasi ishtirok etdilar.

Tadbirni institut direktori professor R.Nizomov ochib berdi va ushbu tadbirning maqsadi, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor haqida aloxida to‘xtalib o‘tdi. Bugungi kunda institutimiz jamoasida faoliyat yuritayotgan olima ayollarimiz, M.Xalimova, R.Mavlyanova va E.Lyanlar qishloq xo‘jaligi sohasida nafaqat institutga, Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga o‘z xissalarini qo‘shib kelayotganliklari va bu fidokorona mehnatlarini hukumatimiz tomonidan e’tirof etilganini faxr bilan ta’kidlab o‘tdi va so‘zni qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim “Do‘stlik” orderi sohibi Mastura Xalimovaga berdilar. M.Xalimova so‘zga chiqib, kamtarona mehnatlarini hukumatimiz tomonidan e’tirof etilganligidan faxrlanib, o‘z hayotiy faoliyati haqida so‘zlab berdi. M.Xalimova institutning yosh jamoasiga, doktorantlariga ilm yo‘lida izlanishda hech qachon, to‘xtamaslik, kelajakka katta-katta maqsadlarni qo‘yib intilish kerak deb, o‘z so‘zini yakunladi.

So‘z navbatini institutni Genbank laboratoriyasi mudiri, professor R.Mavlyanovaga berildi. Mavlyanova Rovza Fazlidinovna respublikamizda sabzavotchilik sohasida yetuk olima, balki xalqaro miqiyosida tan olingan olimalardan hisoblanadi. Rovza Fazlidinovna ish faoliyati davomida Halqaro sabzavotchilik markazida ko‘p yillar davomida Kavkaz orti davlatlari bo‘yicha kordinatr lavozimida foaliyat yuritgan.

Rovza Fazlidinovna o‘z o‘rnida shu kungacha bosib o‘tgan xayot yo‘llarini va tajribalarini yig‘ilish qatnashchilariga so‘zlab berish bilan birgalikda shu kasbni tanlaganidan shukuronalar aytib, institutda faoliyat yuritayotgan yosh olim va olimalarga o‘z tavsiyalarini berdi.