Institut haqida

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining qisqacha tarixi

1933-yil 3-martda

Sohada ilmiy asoslangan yondashuvni olib borish maqsadida 1933-yil 3-martda Toshkent shahri yonida Zonal sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil etildi.

1960-yilda

O‘zbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba stansiyasi bazasida 1960-yilda Butunittifoq Lenin nomidagi Qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi (VASXNIL) O‘rta Osiyo filiali tarkibida mustaqil ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etildi. O‘sha davrlarda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘rta Osiyoda sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohasidagi eng yirik ilmiy va metodik markazga aylandi.

2014-yil 10-fevralda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125 sonli “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori bilan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta tashkil etilgan.

2021-yil 24-sentabrda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi da bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tuzilmalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 601-sonli qaroriga asosan, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilib va institut tarkibidagi laboratoriyalar soni 14 taga yetkazildi. Shuningdek, laboratoriyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Прокрутить вверх