Joriy yilning 24-25-may kunlari Toshkent shahrida “Sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida erishilgan ilmiy yutuqlar, muammolar va ularning yechimlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro anjumanni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berdi va bugungi kunda qishloq xo‘jaligi, xususan sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik yo‘nalishida mamlakatimiz olimlari tomonidan qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi:
“Institutning 90 yillik faoliyati davomida qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlari, ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi taʼminlanishi O‘zbekistonda sabzavotchilik rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. So‘zimning isboti sifatida kichik bir maʼlumot, institutda sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 230 dan ortiq nav va duragaylari yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining 32 ta ekin turi bo‘yicha 181 ta navlari kiritilgan. Intellektual mulk agentligidan. Intellektual mulk agentligidan 14 ta nav patentlashtirilgan”.